18-20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

18-20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

16.05.2025

18-20 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin, ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°; 19 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 27-32°; 20 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin, ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 18-19 mayda 28-33°, 20 mayda 30-35° bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 mayda kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19-20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 17-22°, 19-20 mayda 15-20°, kunduzi 18-19 mayda 28-33°, 20 mayda 30-35° bo‘ladi.

SAMARQAND VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 17-22°, 19-20 mayda 15-20°, kunduzi 18-19 mayda 28-33°, 20 mayda 30-35° bo‘ladi.

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 18 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°; 19-20 mayda 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 18 mayda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 19-20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 18-23°, 19-20 mayda 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 18-19 mayda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 20 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18 mayda 13-18°, 19-20 mayda 10-15°, kunduzi 18-19 mayda 17-22°, 20 mayda 20-25° bo‘ladi.