2025-YIL APREL OYI QANDAY BO‘LDI

2025-YIL APREL OYI QANDAY BO‘LDI

15.05.2025

Joriy yilning aprel oyi iqlimiy qiymatlarga nisbatan iliqroq bo‘ldi.

Oyning birinchi yarmida o‘rtacha harorat me’yordan o‘rtacha 
4-7 darajaga yuqori bo‘ldi.

Maksimal havo harorati asosan 23-28 daraja atrofida, eng iliq kunlarda esa 30-32 daraja, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda
34-36 daraja bo‘lishi kuzatildi.

18-20-aprel kunlari havo harorati me’yordan 3-8darajaga keskin pasaydiHavoning salqin bo‘lishi uzoq vaqt davom etmadi va uchinchi o‘n kunlik boshidan harorat yana ko‘tarila boshladi.

Eng iliq davrda (shimolda 26-27-aprel kunlari, respublikaning qolgan qismida 27-28-aprel kunlari) kunduz kunlari havo 35-37 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 38-39 darajagacha isidi.

 

 

 


 

 

O‘zbekistonning ko‘pchilik hududlarida meteorologik kuzatuvlarning barcha yillari uchun aprel oylarida maksimal harorat rekordi yoki rekord qiymatlariga yaqin bo‘ldi.

 

 

 

 

2025 yil aprel oyidagi maksimal havo haroratini 

kuzatuvlarning barcha yillaridagi 

rekord qiymatlar bilan taqqoslash

 

Meteostansiya

2025 yil aprel oyida maksimal harorat

2024 yilgacha mutlaq maksimum

Toshkent

36,6

36,4 /2006

Nukus

37,7

38,5 /1997

Urganch

38,8

38,0 /1997

Buxoro

38,5

38,2 /2021

Navoiy

38,6

37,7 /2006

Samarqand

35,9

36,2 /2000

Jizzax

36,1

37,6 /2006

Sirdaryo

37,8

37,6 /1988

Qarshi

37,7

38,8 /2000

Termiz

39,1

38,7 /2006

Andijon

33,8

36,0 /1985

Namangan

34,3

35,7 /1940

Farg‘ona

34,0

34,4 /2011

 

 

2025 yilda yangilangan aprel oyi uchun maksimal havo haroratining yangi rekordlari qizil rang bilan belgilangan.

Hududning katta qismi, Farg‘ona vodiysidan tashqari, 2025 yil aprel oyi eng iliq aprel oylari uchligiga kirdi. 

O‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 3-5 darajaga, Farg‘ona vodiysi hududlarida 1,5-2,5 darajagayuqori bo‘ldi. 

Shunday qilib, 2025 yil aprel oyi so‘nggi yillardagi iliq aprel oylari qatorini davom ettirdi.

 

Apreloyi juda quruq bo‘ldi.

Birinchi va ikkinchi o‘n kunliklarning ayrim kunlarida (o‘n kunlikda 
2-3 kundan, tog‘larda 4-5 kundan) yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Yomg‘ir asosan biroz va o‘rtacha jadallikda yog‘di.

Asosan ayrim tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 2-3 kun davomida bir kecha-kunduzda miqdori 15 mm dan 27 mm gacha, Toshkent viloyatining tog‘li hududlarida (Maydontol) 45 mm gacha bo‘lgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi.

Aprel oyining uchinchi o‘n kunligida respublika hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatildi. 

Respublikaning ko‘pchilik hududlarida aprel oyida yog‘ingarchilik miqdori me’yorga nisbatan kam bo‘ldi. Faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va Xorazm, Navoiy viloyatlarining ayrim joylarida bir oyda yog‘ingarchilik me’yor atrofida, ba’zi joylarda esa me’yordan ko‘p bo‘lishi qayd etildi.