17-19 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
15.05.2025
17-19 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 17 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 18-19 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17-18 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°; 18 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30°; 19 mayda kechasi 11-16°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17-18 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 30-35°; 18-19 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 mayda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°, ba’zi joylarda 40-41° gacha; 18 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 28-33°; 19 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 18 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°; 19 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 17-18 mayda 18-23°, 19 mayda 15-20°, kunduzi 17 mayda 35-40°, 18-19 mayda 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG‘ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 18 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
7-12 m/s tezlikda esadi, 17-18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 26-31°, ba’zi joylarda 32-33° gacha; 18 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 20-25°; 19 mayda kechasi 10-15°,
kunduzi 17-22° bo‘ladi.