16 MAY OB-HAVO PROGNOZI 15 may soat 20 dan 16 may soat 20 gacha

16 MAY OB-HAVO PROGNOZI 15 may soat 20 dan 16 may soat 20 gacha

15.05.2025

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning 15-16 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. O‘zbekiston hududining katta qismida havo harorati kunduz kunlari 39-41° gacha, janubda va cho‘l hududlarda 42-43° gacha ko‘tariladi.

15 mayda shimolda va cho‘l hududlarda, 16-17 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 15-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi kutilmoqda. 17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

16 MAY OB-HAVO PROGNOZI 15 may soat 20 dan 16 may soat 20 gacha

TOSHKENT SHAHRI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 22-24°, kunduzi 39-41° bo‘ladi.

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasida kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 33-38° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 20-25°, kunduzi 38-43° bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 19-24°, kunduzi 36-41° bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 20-25, kunduzi 38-43° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.