16-18 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
14.05.2025
16-18 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 17 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 30-35°; 17 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 25-30°; 18 mayda kechasi 13-18°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 38-43°; 17 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 30-35°; 18 mayda kechasi 14-19°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 mayda kechasi 19-24°, kunduzi 36-41°; 17 mayda kechasi 19-24°, kunduzi 33-38°, ba’zi joylarda 40-41° gacha; 18 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 17 mayda ayrim joylarda ba’zida shamol 20-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 38-43°; 17 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 32-37°; 18 mayda kechasi 18-23°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 18 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 18-23°, kunduzi 16-17 mayda 34-39°, 18 mayda 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, 16-17 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 18 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 16-17 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 13-18°, kunduzi 16-17 mayda 26-31°, ba’zi joylarda 32-33° gacha; 18 mayda 20-25° bo‘ladi.