11-13 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

11-13 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

09.05.2025

11-13 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. 
Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 34-39° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 11-12 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-12 mayda 15-20°, 13 mayda 18-23°, kunduzi 11 mayda 32-37°, 12 mayda 34-39°
13 mayda 35-40° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 12 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 11-12 mayda 15-20°, 13 mayda 17-22°, kunduzi 11 mayda 30-35°, 12 mayda 32-37°, 13 mayda 34-39° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat 11 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 33-38°, 12-13 mayda kechasi 18-23°, kunduzi 35-40° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 11 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 11-12 mayda 30-35°
13 mayda 23-28° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 11 mayda 20-25°
12-13 mayda 23-28° bo‘ladi.