9 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

9 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

09.05.2025

MUHIM HODISALAR
9-11 may kunlari respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
9 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ertalab ba’zi joylarida biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-32° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, ertalab qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 28-30° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° bo‘ladi.