8 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

8 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

08.05.2025

MUHIM HODISALAR

8-11 may kunlari respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

8 MAY KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, Qoraqolpog’iston Respublikasining ba’zi joylarida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qolgan hududlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang to’zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan o’zgaruvchan bo’ladi, kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 31-33° bo’ladi

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23-28° bo‘ladi.