9-11 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
07.05.2025
9-11 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 9 mayda 30-35°, 10-11 mayda 32-37° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°, 11 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.
TOSHKENT, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9 mayda kechasi va ertalab ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 10-11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 9 mayda 27-32°, 10-11 mayda 30-35° bo‘ladi.
SIRDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 9 mayda 27-32°, 10-11 mayda 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 9 mayda 30-35°, 10-11 mayda 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 9-10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. 11 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9 mayda 17-22°, 10-11 mayda 15-20°, kunduzi 9-10 mayda 28-33°, 11 mayda 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, 9 mayda ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.