8-10 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

8-10 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

06.05.2025

8-10 MAYGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmayd, faqat 8 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 8 mayda 28-33°, 9 mayda 30-35°, 10 mayda 32-37° bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 8 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 28-33°, 9-10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmayd, faqat 9 mayda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8-9 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 18-23°, kunduzi 30-35°; 9 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 27-32°; 10 mayda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi. 

QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 20-25°, kunduzi 30-35°, 9 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°, 10 mayda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37° bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 9 mayda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-9 mayda 17-22°, 10 mayda 15-20°, kunduzi 8 mayda 32-37°, 9-10 mayda 28-33° bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9-10 mayda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘lishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 mayda kechasi 12-17°, kunduzi 20-25°, 9-10 mayda kechasi 8-13°, kunduzi 17-22° bo‘ladi.