O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 5-9-MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 5-9-MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

05.05.2025

5-7 may kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va issiq ob-havo saqlanib turadi. Kunduz kunlari havo 35-38 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha isiydi. 

Bu may oyi boshi uchun kuzatilgan iqlim me’yoridan sezilarli darajada yuqoridir. Bunday harorat yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir.

8 maydan haroratning biroz pasayishi boshlanadi va 9 may kuni harorat 
27-32 darajani tashkil etadi.

8 mayda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha ba’zi joylarda, 
9 mayda markaziy va sharqiy viloyatlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

5-7 mayda shimolda va cho‘l hududlarda , 8-9 mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, 
ayrim joylarda shamol tezligi 20-22 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar 
bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda 5-8 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 
33-36 daraja, 7 mayda 36-38 daraja bo‘ladi.

9 mayda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 27-30 darajagacha pasayadi.

 

 

O‘zgidromet

2025-yil 5-май