O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 2-4-MAY KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
02.05.2025
Bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq
ob-havo saqlanib turadi, faqat Farg‘ona vodiysida, shuningdek, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ba’zi joylarda qisqa muddatil yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Havo harorati 29-32 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarda
33-35 darajagacha bo‘ladi.
Dam olish kunlari respublikaning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari havo 33-35 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda
37-39 darajagacha isiydi. Bunday harorat may oyining boshiga qaraganda yoz mavsumi uchun ko‘proq xosdir.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkentda 2-4 may kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 29-31 daraja, shanba va yakshanba kunlari 32-35 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 2-may