30 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

30.04.2025

MUHIM HODISALAR
30 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
30 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining shimolida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30°, shimolda 15-20° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 26-28° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylardaq qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo‘ladi.