28 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.04.2025
MUHIM HODISALAR
28-30 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
28 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 33-38° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 36-38° bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylardaq qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-29° bo‘ladi.