28-30 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

28-30 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

26.04.2025

28-30 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°; 29 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20°
30 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29-30 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 18-23°, kunduzi 34-39°; 29 aprelda kechasi 15-20°
kunduzi 25-30°; 30 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 17-22°, kunduzi 33-38°; 29 aprelda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35°
30 aprelda kechasi 14-19°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 17-22°, kunduzi 34-39°; 29 aprelda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°
30 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 29 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 30-35°
29 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 30-35°; 30 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 29 aprelda kechasi 10-15°
kunduzi 18-23°; 30 aprelda kechasi 8-13°, kunduzi 15-20° bo‘ladi.