O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 25-27-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 25-27-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.04.2025

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati ko‘tarilishi davom etadi. Bugun kunduzi havo 27-30 darajagacha, yakshanba kuniga kelib esa 32-35 darajagacha isiydi. Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda dam olish kunlari ba’zi joylarda 36-39 darajagacha isiydi.

 

Toshkentda 25-27 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bugun kunduzi harorat 28-30 daraja, shanba kuni 30-32 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja bo‘ladi.

Harorat asosan kechalari 15-18 daraja bo‘ladi.

Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi.

 

 

O‘zgidromet

202-yil 25-aprel