27-29 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
25.04.2025
27-29 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27-28 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 28-29 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27 aprelda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°; 28 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 28-33°; 29 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYALARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27-28 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 29 aprelda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27-28 aprelda kechasi 18-23°, kunduzi 34-39°; 29 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 27 aprelda kechasi 15-20°, kunduzi 30-35°; 28 aprelda kechasi 17-22°, kunduzi 32-37°; 29 aprelda kechasi 17-22°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
QASHQADARYO, SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi 17-22°, kunduzi 27-28 aprelda 34-39°, 29 aprelda 32-37° bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 29 aprelda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 15-20°, kunduzi 30-35° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 27 aprelda ayrim joylarda, 28-29 aprelda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27 aprelda kechasi 9-14°, kunduzi 20-25°; 28 aprelda kechasi 12-17°, kunduzi 22-27°; 29 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 18-23° bo‘ladi.