18 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

18.04.2025

MUHIM HODISALAR

18 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

18 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, respublikaning ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 16-21° bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg’ir yog’ishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 18-20° bo’ladi

Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’lishi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 10-15° bo’ladi.