16 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
16.04.2025
MUHIM HODISALAR
16-18 aprelda respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
16 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, Farg’ona vodiysida va kunning birinchi yarmida Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi. Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida kechga tomon yomg’ir yog’ishi mumkin. Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarida 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-tozonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 20-25° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning birinchi yarmida biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-24° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’ladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° bo’ladi.