O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 14-18-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 14-18-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

14.04.2025

Bugun O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va kunning ikkinchi yarmida Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ertaga 15 aprel kuni respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu kunlarda havo harorati 24-29 daraja atrofida, janubda ba’zi joylarda 32-37 darajagacha bo‘ladi.

16 aprelda respublikaning ayrim joylarida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 17-18 aprel kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida momaqaldiroq bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi.

Havo harorati asta-sekin pasayadi, respublika hududining katta qismida 
16 aprelda 20-25 daraja, 17 aprelda 18-23o, 18 aprelda 16-21o bo‘ladi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 
17-18 aprel kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, ayrim joylarda momaqaldiroq kuzatiladi.

14-18 aprel kunlari respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 
sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

 

Toshkentda bugun kunning ikkinchi yarmida biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, ertaga yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asosan 25-28 daraja bo‘ladi.

16 aprelda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Harorat 23-25 daraja bo‘ladi.

17-18 aprel kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Harorat asta-sekin 17-20 darajagacha pasayadi. 
Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 12-15 m/s gacha kuchayadi.

 

 

O‘zgidromet

2025-yil 14-aprel