O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 11-13-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 11-13-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.04.2025

Bugun va ertaga O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo bo‘lishi saqlanib turadi. Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyati va Navoiy viloyati cho‘l hududlarida 12 aprel kuni yomg‘ir yog‘adi va momaqaldiroq kuzatiladi.

13 aprel – yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi va kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida 
faqat kechki paytda ba’zi joylarda qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘irlar kuzatiladi. Surxondaryo viloyatida va Farg‘ona vodiysida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Ushbu kunlarda ko‘pchilik viloyatlarda juda iliq ob-havo saqlanib turadi, havo harorati 27-32 daraja atrofida, ba’zi joylarda 34 darajagacha, janubda 
36 darajagacha bo‘ladi. Faqat respublikaning shimolida 12 aprelda havo harorati 18-23 darajagacha pasayadi, ammo 13 aprelga kelib, harorat yana ko‘tarila boshlaydi.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 11-12 aprel kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, 13 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.

 

Toshkentda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, 
faqat 13 aprel kuni kechga tomon qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. 
Harorat asosan kechalari 14-19 daraja, kunduz kunlari 27-32 daraja bo‘ladi.

 

 

O‘zgidromet

2025-yil 11-aprel