O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 7-11-APREL KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
07.04.2025
Bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati kunduz kunlari 23-28 daraja atrofida,
ba’zi joylarda 30 darajagacha bo‘ladi.
9 aprel – chorshanba kuni respublika janubida, markaziy hududlarda va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Harorat 3-6 darajaga pasayadi.
Haftaning ikkinchi yarmida respublikaning barcha hududlari bo‘yicha havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati yana ko‘tariladi va ish haftasining oxiriga kelib 28-31 daraja bo‘ladi.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho‘l hududlarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7 aprelda respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
7-8 aprel kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkentda 7-11 aprel kunlari yog‘ingarilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat 7-8 aprel kunlari 26-28 daraja,
9 aprelda 22-24 daraja, 10 aprelda 25-27 daraja, 11 aprelda 28-30 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 10-15 daraja bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 7-aprel