8-10 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

8-10 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI

06.04.2025

8-10 APRELGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 aprelda kechasi 10-15°, kunduzi 25-30°, 9-10 aprelda kechasi 13-18°, kunduzi 27-32° bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 va 10 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 25-30° bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, JIZZAX, SAMARQAND VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 8 va 10 aprelda 23-28°, 9 aprelda 21-26° bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 aprelda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 aprelda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8 apreldan kechasi 13-18°, kunduzi 26-31°; 9 apreldan kechasi 13-18°, kunduzi 24-29°;
10 apreldan kechasi 14-19°, kunduzi 26-31° bo‘ladi. 
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15°, kunduzi 8 va 10 aprelda 23-28°, 9 aprelda 21-26° bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 10 aprelda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 8 aprelda Toshkent, Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 8 va 10 aprelda 15-20°, 9 aprelda 13-18° bo‘ladi.