6 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

6 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

06.04.2025

MUHIM HODISALAR
6-7 aprelda Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
6-8 aprelda Toshkent, Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor.
6 APREL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI 
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, Respublika bo’yicha ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin . Harorat 21-26° bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, kunning ikkinchi yarmida yomg’ir yog’adi, momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 22-24° bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog’li hududlarida qor ko’chish xavfi bor. Shamol sharqdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° bo’ladi.