O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 28-31 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025 YIL 28-31 MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.03.2025

 

Bugun respublika bo‘yicha havo biroz bulutli bo‘lishi saqlanib turadi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat 10-15 daraja iliqni tashkil etadi.

29-31 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat 29 martda ayrim tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik 
(yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezikda esadi, 30-31 mart kunlari respublika shimolida va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Havo harorati kechalari 3-8 daraja iliq atrofida bo‘ladi, kunduz kunlari esa 19-22 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 23-26 daraja iliqqacha isiydi.

 

Bugun Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12 daraja iliq bo‘ladi.

29-31 mart kunlari havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 5-8 daraja iliq bo‘ladi, kunduz kunlari 20-22 daraja iliqqacha ko‘tariladi.

 

 

O‘zgidromet

2025 yil 28 mart