28 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.03.2025
MUHIM HODISALAR
28 mart kuni Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yuqori) qor ko’chishi havfi bor.
28 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi. Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarida va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-15° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 10-12° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog' oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba'zi joylarda yog’ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi, tuman tushishi mumkin. G’arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo’ladi.