O‘ZBEKISTONGA APREL OYI KIRIB KELMOQDA – ODATDA U QANDAY BO‘LADI VA 2025-YIL APREL OYIDAGI OB-HAVODAN NIMALARNI KUTISh MUMKIN
27.03.2025
O‘zbekistonda aprel oyi – bahor faslining eng o‘rtasi bo‘lib, bunda bog‘larda daraxtlarning tez gullashi, sabzavot ekinlari va rezavor mevalar hosili shakllanishining boshlanishi davridir.
Aprel oyida havo haroratining tez ko‘tarilishi davom etadi.
Hududning katta qismida aprel oyining o‘rtacha harorati mart oyiga nisbatan
5-7 darajaga yuqori bo‘ladi. Respublika shimolida va cho‘l hududlarida havo jadalroq isiy boshlaydi, bunda aprel oyining o‘rtacha harorati mart oyi qiymatlaridan
8-10 darajaga ko‘p bo‘ladi.
O‘zbekistonda meteorologik kuzatuvlar tarixida 2022 yilning (me’yordan
3-5 darajaga yuqori) aprel oyi eng iliq bo‘ldi.
Ushbu asrda hududning katta qismida 2009 yilning aprel oyi eng sovuq bo‘ldi.
Aprel oyidagi harorat foni ko‘pincha bahoriy beqaror bo‘ladi.
Havoni bahoriy tez isishi qisqa davrga, ammo ba’zida juda sezilarli sovuqlar bilan davom etadi.
Eng iliq davrlarda havo harorati kunduz kunlari 28-33 darajagacha ko‘tariladi. Mutlaq maksimal harorat (kuzatuvlarning barcha qatori uchun eng yuqori qiymatlar)
35-37 darajani, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 38-39 darajani tashkil etadi.
Sovuq davrlarda, mart oyidagi kabi tez-tez emas, lekin ba’zida tungi harorat darajasi sovuqqacha pasayadi.
Meteostansiya | Aprel oyida mutlaq minimal harorat | Aprel oyida mutlaq maksimal harorat | ||
kuzatuvlarning barcha qatori uchun | XXI asrda | kuzatuvlarning barcha qatori uchun | XXI asrda | |
Toshkent | -6,3 /1960 | -1,7 /2005 | 36,4 /2006 | 36,4 /2006 |
Nukus | -7,3 /1955 | -4,4 /2005 | 38,5 /1997 | 36,3 /2021 |
Urganch | -6,2 /1960 | -4,2 /2005 | 38,0 /1997 | 38,2 /2023 |
Buxoro | -5,9 /1960 | 0,0 /2011 | 38,2 /2021 | 38,2 /2021 |
Navoiy | -6,1 /1960 | -1,2 /2020 | 37,7 /2006 | 37,7 /2006 |
Samarqand | -6,8 /1960 | -2,1 /2005 | 36,2 /2000 | 35,4 /2006 |
Jizzax | -6,0 /1960 | -1,3 /2021 | 39,5 /2006 | 39,5 /2006 |
Sirdaryo | -5,1 /1960 | -1,3 /2011 | 37,6 /1988 | 37,5 /2006 |
Qarshi | -3,5 /1960 | -0,6 /2011 | 38,8 /2000 | 38,4 /2015 |
Termiz | -2,0 /1956 | 0,3 /2020 | 38,7 /2006 | 38,7 /2006 |
Andijon | -3,6 /1960 | -2,7 /2015 | 36,0 /1985 | 35,0 /2021 |
Namangan | -3,6 /1934 | -2,4 /2015 | 35,7 /1940 | 35,3 /2006 |
Farg‘ona | -4,8 /1911 | -2,6 /2015 | 34,7 /2011 | 34,7 /2011 |
Aprel – yil davomida eng nam oylardan biridir.
Yomg‘ir, odatda momaqaldiroq va kuchli shamollar bilan tez-tez kuzatiladi. Respublikaning shimolida, eng chekka janubida va cho‘l hududlarda o‘rtacha oyiga
5 kundan 8 kungacha yog‘ingarchilik qayd etiladi, tog‘larga yaqinroq hududlarda esa yog‘ingarchilik kuzatiladigan kunlar soni 9-13 gacha ko‘payadi.
Meteorologik kuzatuvlar tarixi davomida hududimizda turli xil aprel oylari kuzatilgan.

Aprel oyida juda quruq kunlar ham kuzatiladi, hududning katta qismida oy uchun yog‘ingarchilik miqdori me’yordan 5-30% ga oshmagan va ba’zi joylarda ular umuman kuzatilmagan. Bunday holat 1975 yil aprel oyida qayd etilgan edi. Toshkentda yomg‘ir atigi ikki marta yog‘gan va oy davomida yog‘ingarchilik miqdori 2 mm (normaning 3%) ni tashkil etgan edi.
Aprel oyida yog‘ingarchilikning o‘ziga xos xususiyati uni hudud bo‘yicha tarqalishi o‘ta notekisligidir.
Shunday aprel oylari ham kuzatilganki, respublikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchilik bir oy ichida me’yordan 3-5 marta ko‘p bo‘lgan.
Masalan, meteorologik kuzatuvlar tarixida 1990 yil aprel oyi Toshkentda eng yomg‘irli bo‘lib, bunda oy davomida yog‘ingarchilik oylik me’yordan 300% atrofida bo‘ldi, yog‘ingarchilik kuzatilgan kunlar soni 19 (me’yor 13 kun bo‘lganda) kunni tashkil etdi.
1990 yil 8 aprel kuni Toshkentda aprel oyida bir kecha-kunduzlik yog‘ingarchilik miqdori 65 mm bo‘lgan (oylik me’yor 62 mm) mutlaq rekord o‘rnatildi!!! .
Yog‘ingarchilik taqsimotining o‘ta notekisligi ba’zan hatto bir xil hududda ham namoyon bo‘ladi.
2023 yil 2 aprel kuni Toshkentda momaqaldiroq, shamolning kuchayishi, ba’zi joylarda do‘l yog‘ishi bilan kuchli jala yomg‘ir yog‘ishi kuzatildi. Bunda yog‘ingarchilik miqdori 2,5-3 soatda: Teleminora hududida - 10 mm, Toshkent-Observatoriya meteostansiyasi hududida (Oloy bozori yaqinida) - 22 mm, Toshkent halqaro aeroporti hududida esa - 33 mm ni tashkil etdi.
O‘tgan 2024 yilning aprel oyi respublika hududining katta qismida quruq bo‘ldi. Shu bilan birga, respublika bo‘yicha ba’zi joylarda kuchli jala yomg‘irlar yog‘ishi kuzatilib, bunda bir necha soatda yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan 40-70% ni tashkil etdi. 13 aprel kuni Jongeldi (Qizilqum cho‘li) meteostansiyasi hududida 16 mm yog‘ingarchilik kuzatilib, oylik me’yorga mos bo‘ldi, bu butun aprel oyi davomida ushbu hududda yog‘gan yagona yomg‘ir edi.
Respublikaning ayrim hududlarida har 3-5 yilda bir marta yomg‘ir qisqa muddatga qorga aylanishi kuzatiladi. So‘nggi marta 2020 yil aprel oyida markaziy va hatto janubiy viloyatlarda ba’zi joylarda aprel oyining birinchi o‘n kunligi oxirida qor yog‘ib, u hatto qishda kamdan-kam uchraydigan darajada bo‘ldi.
2020 yil 9 aprelda ertalab ba’zi joylarda qor qoplami 7-20 sm ga yetdi.
O‘zbekistonda qor yog‘ishining eng kechki sanasi – 1989 yil 30 aprel kuni qayd etilgan. Bu hozircha O‘zbekistonda kuzatuvlar tarixidagi qaytarilmas holat bo‘ldi.
Aprel oyida tog‘li hududlarda jadal qor erishi davom etadi. Oyning oxiriga, iqlim ma’lumotlariga ko‘ra, qor faqat baland tog‘li hududlarda saqlanib turadi.
Bu yil aprel oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi. Oyining birinchi besh kunligida havo harorati 22-25 daraja iliqdan 27-30 daraja iliqqacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 32 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Oyning ikkinchi besh kunligida havo harorati asosan 22-27 daraja iliqni tashkil etadi.
7 aprelda respublika shimolida, 8-10aprelda markaziy va sharqiy hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Oyning ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarida harorat kechalari
8-13 daraja iliqdan 2-7 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 25-30 daraja iliqdan
10-15 daraja iliqqacha o‘zgarib turishi kutilmoqda.