27 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
27.03.2025
MUHIM HODISALAR
27 mart kuni respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
27-28 mart kunlari Toshkent viloyatining tog’li hududlarida (2000 m dan yuqori) qor ko’chishi havfi bor.
27 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6-11° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog' oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik (yomg'ir, qor) bo'ladi, ba'zi joylarda kuchli bo'ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent viloyatining tog’li hududlarida qor ko’chishi havfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° iliq bo’ladi.