28-30 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

28-30 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

26.03.2025

28-30 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 29 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 30 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 29 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 30 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 martda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 29-30 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 29 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 29 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 28-29 martda 2-7° iliq, 30 martda 4-9° iliq, kunduzi 28 martda 12-17° iliq, 29-30 martda 17-22° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 martda ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘adi. 29-30 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 28 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 29 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 15-20° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 28 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. 29-30 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 28 martda 2-7° iliq, 29 martda 4-9° iliq, 30 martda 7-12° iliq bo‘ladi.