24 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

24.03.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 24-25 mart kunlari O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
24-25 mart kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi,
qorga aylanish ehtimoli bor.
24 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.
24-25 mart kunlari respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.
24-27 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
24 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, yomg’ir yog’adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi, Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazm viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 12-17° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yomg’ir yog’adi. Shamol g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-17° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi. Baland tog’ hududlarda qorga aylanishi mumkin. Qor ko’chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° iliq bo’ladi.