23 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
23.03.2025
MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 23-25 mart kunlari O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
23-25 mart kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanish ehtimoli bor.
23-24 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.
23-25 mart kunlari respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.
23-26 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
23 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi. Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida kechga tomon biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 22-27° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi,
10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’ oldi va tog’li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi. Tog’li hududlarda qor ko’chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 13-18° iliq bo’ladi.