24-26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

24-26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

22.03.2025

24-26 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 24-25 martda 3-8° iliq 26 martda, 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 24-25 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 26 martda yog’ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 martda ba’zi joylarda 
13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 24 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 25 martda kechasi 
5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 26 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq Navoiy viloyatining shimolida kechsi 24-25 martda 3-8° iliq, 26 martda 0-5° iliq, kunduzi 8-13° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, 24-25 martda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. 
24 martda ba’zi joylarda momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
24 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 24 martda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 25 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 26 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, 24-25 martda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. 
24 martda ba’zi joylarda momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 
24 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat 24 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 25 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 
26 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, 24-25 martda ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. 
24 martda ba’zi joylarda momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. 
Harorat 24 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 25 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, 
26 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 24-25 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, 
baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. 24 martda ba’zi joylarda momaqaldiroq bo’lishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 24 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 24 martda kechasi va kunduzi 5-10° iliq, 25 martda kechasi va kunduzi 3-8° iliq, 26 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.