23 MART OB-HAVO PROGNOZI 22 mart soat 20 dan 23 mart soat 20 gacha

23 MART OB-HAVO PROGNOZI 22 mart soat 20 dan 23 mart soat 20 gacha

22.03.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 23-25 mart kunlari O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
23-25 mart kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanish ehtimoli bor.
23-24 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.
22-25 mart kunlari respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.
23-25 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
23 MART OB-HAVO PROGNOZI 22 mart soat 20 dan 23 mart soat 20 gacha
TOSHKENT SHAHRI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 12-14° iliq, kunduzi 23-25° iliq bo‘ladi.
QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 3-8° iliq, 
kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi. 
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, 
kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 9-14° iliq, 
kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.
SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO, VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, kechga tomon biroz yomg’ir yog’ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan. 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi.
SURXONDARYO VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan. 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, 
kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi. 
ANDIJON, NAMANGAN, FARG‘ONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. 
Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’ OLDI VA TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Tog’li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan. 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi.