23-25 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
21.03.2025
23-25 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23 martda ayrim joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 23 martda 10-15° iliq, 24-25 martda 8-13° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 23 martda ayrim joylarda kuchli bo’ladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23 martda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 24 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 25 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq, Navoiy viloyatining shimolida kechsi 3-8° iliq, 23 martda 10-15° iliq, 24-25 martda 8-13° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 24-25 martda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-34 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23 martda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 24 martda kechasi 9-14° iliq, kunduzi 15-20° iliq,
25 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. , 24-25 martda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-34 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 24 martda ayrim joylarda 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 23 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq, 24 martda kechasi 10-15° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 25 martda kechasi 8-13° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 24-25 martda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo’ladi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 23 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-27° iliq, 24 martda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq, 25 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 24-25 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 23 martda kechasi 4-9° iliq, kunduzi 13-18° iliq, 24 martda kechasi va kunduzi 5-10° iliq, 25 martda kechasi va kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.