ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 21 МАРТА

ПРОГНОЗ ПОГОДЫ НА 21 МАРТА

21.03.2025

MUHIM HODISALAR
Joriy yilning 23-25 mart kunlari O‘zbekiston hududiga nam va nisbatan salqin havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.
23-25 mart kunlari respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Respublikaning tog‘li hududlarida yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanish ehtimoli bor.
23-24 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Kunduzgi havo harorati asta-sekin 12-17 daraja iliqqacha pasayadi.
21-25 mart kunlari respublikaning tog’li hududlarida qor ko’chishi xavfi bor.
23-25 mart kunlari kutilayotgan yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida 
sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin
21 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli, yog’ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog’iston respublikasida, Xorazm va Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkin.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. 
Harorat 24-29° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 
10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 27-29° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 
7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Qor ko’chishi xavfi bor. 
Harorat 15-20° iliq bo’ladi.