22-24 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
20.03.2025
22-24 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat 22 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq, 23 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.
BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 22-23 martda 22-27° iliq, 24 martda 15-20° iliq bo‘ladi.
TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-34 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 9-14° iliq, kunduzi 22-23 martda 22-27° iliq, 24 martda 15-20° iliq bo‘ladi.
QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-34 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, 24 martda ayrim joylarda 20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 22-23 martda 25-30° iliq, 24 martda 17-22° iliq bo‘ladi.
ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, 22-23 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° iliq, kunduzi 22-23 martda 22-27° iliq, 24 martda 15-20° iliq bo‘ladi.
RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI
Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 24 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, baland tog‘li hududlarda qorga aylanishi mumkin. Qor ko‘chishi xavfi bor. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 23-24 martda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 4-9° iliq, kunduzi 22-23 martda 13-18° iliq, 24 martda 8-13° iliq bo‘ladi.