O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 17-20-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI
17.03.2025
17-20-mart kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha quruq va juda iliq
ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati asosan kechalari 7-12 daraja iliq, kunduz kunlari
22-25 daraja iliq, ba’zi joylarda 27-30 daraja iliqqacha bo‘ladi.
Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi, ba’zi joylarda
13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkentda: yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechalari 9-12 daraja iliq, kunduz kunlari 22-27 daraja iliq bo‘ladi.
O‘zgidromet
2025-yil 17-mart