O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 11-14-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 11-14-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

11.03.2025

11-14 mart kunlari O‘zbekiston bo‘yicha iliq va assan quruq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

Faqat Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida bugun kunning ikkinchi yarmida va ertaga Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi.

Havo harorati asosan kechalari 4-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliq, b’zi joylarda 22 daraja iliqqacha bo‘ladi.

Respublikaning tog‘li hududlarida 11-12 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomir, qor) bo‘ladi, 13-14 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Toshkentda: bugun va ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat kechalari 6-9 daraja iliq, kunduz kunlari 17-20 daraja iliqqacha bo‘ladi.

 

 

O‘zgidromet

2025-yil 11-mart