7 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

7 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

07.03.2025

MUHIM HODISALAR

7-8 mart kunlari ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda 7-8 mart kunlari vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

7-11 mart kunlari respublikaning togli hududlarida qor ko’chishi xavfi bor 

7 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yomg’ir yog’adi, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida kechga tomon ayrim joylarda qorga aylanishi mumkun. Respublika shimolida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi

Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 7-12° iliq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, kechqurun qorga aylanishi mumkun. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 7-9° iliq bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) kuzatiladi, ayrim joylarda kuchli bo’ladi, tuman tushishi mumkun. Qor ko’chii xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 3° sovuq 2°iliq bo’ladi.