8-10 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

8-10 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

06.03.2025

8-10 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8 martda 7-12° iliq, 9-10 martda 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy viloyatining ayrim joylarida ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 11-16° iliq; Navoiy viloyatining shimolida kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 8 martda 7-12° iliq, 9-10 martda -10° iliq bo‘ladi. 

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 martda kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 9-10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 9 martda Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Jizzax viloyatida ayrim joylarda ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 va 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8 martda kechasi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 8 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 1-6° iliq, kunduzi 8 martda 7-12° ili, 9-10 martda 10-15° iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 8-10 martda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 8 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. 10 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 8 martda ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 8 martda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq; 9-10 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 3-8° iliq bo‘ladi.