6 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
06.03.2025
MUHIM HODISALAR
6 mart kuni shimolda va cho‘l hududlarda, 7-8 mart kunlari respublikaning qolgan hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarda ba’zida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
7 martda va 8 martga o‘tar kechasi respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Kunduzgi harorat 7-10 daraja iliqqacha pasayadi.
6-11 mart kunlari respublikaning togli hududlarida qor ko’chishi xavfi bor
6 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kuzatilmaydi, faqat Qoraqolpog’iston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Navoiy viloyatining cho’l hududlarida kechga tomon ba’zi joylarda biroz yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkun. Toshkent viloyatida kechqurun ayrim joylarda biroz yomg’ir yog’ishi mumkun.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va cho’l hududlarda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 12-17° iliq, shimolda 5-10° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kunduzi yog’ingarchilik kuzatilmaydi, kechqurun biroz yomg’ir yog’ishi mumkun. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 15-17° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo‘ladi. Qor ko’chii xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 5-10° iliq bo’ladi.