7-9 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

7-9 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

05.03.2025

7-9 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 8-9 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 8 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 9 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. 8-9 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 8-9 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 7 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 8 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 9 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8 martda kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 9 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Samarqand viloyatida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 8 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq, 9 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 9-14° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 7 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 8-9 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8-9 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan
5-10 m/s tezlikda esadi, 7-8 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-8 martda
7-12° iliq; 9 martda 9-14° iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), 7-8 martda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 22-27 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7 martda kechasi va kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 8 martda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq; 9 martda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.