6-8 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

6-8 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

04.03.2025

6-8 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 va 8 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 martda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 7 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 8 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.  

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 va 8 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 martda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 6-7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 7 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 8 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 6 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 7 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 8 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi.  

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 7 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 9-14° iliq; 8 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7-8 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 7 martda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 13-18° iliq; 8 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 10-15° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6-7 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 8 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi, 8 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 6 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 7 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 8 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 7-12° iliq bo‘ladi. 

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 6 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7-8 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6 martda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 7 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 8 martda kechasi 3-8° sovuq, kunduzi 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.