5-7 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

5-7 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

03.03.2025

5-7 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI 

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 martda ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 5 martda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 6 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 7 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 martda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin.
Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 6 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 7 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 13-18° iliq bo‘ladi. Navoiy viloyatining shimolida 5 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 6 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 8-13° iliq; 7 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 martda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 7-12° iliq; 6 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 7 martda kechasi 3-8° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 martda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin. 5 martda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 5 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 6 martda kechasi 1-6° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 7 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 17-22° iliq bo‘ladi.

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. 5 martda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 5 martda kechasi
0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq; 6 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 7 martda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 12-17° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 5-6 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 7 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. 5 martda ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 7 martda ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat
5 martda kechasi 5-10° sovuq, kunduzi 2° sovuq-3° iliq; 6 martda kechasi 2-7° sovuq, kunduzi 2-7° iliq; 7 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 5-10° iliq bo‘ladi.