3 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

3 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

03.03.2025

3 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkun. Yo’llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat 0-5° sovuq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g’arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-2° sovuq bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi, tuman tushadi. Yo’llarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 7-12° sovuq bo’ladi.