2 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
02.03.2025
2 MART KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi.
Farg’ona vodiysi viloyatlarida yog’ingarchilik kutilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkun.
Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 2-7° iliq, ba’zi joylarda 8-10° gacha iliq, shimolda 0-5° sovuq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, kechga tomon yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’ladi.
Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartib, g’arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-10° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda qor yog’adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkun. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq bo’ladi.