O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 28-FEVRAL va 1-2-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘ZBEKISTON BO‘YICHA 2025-YIL 28-FEVRAL va 1-2-MART KUNLARIGA OB-HAVO PROGNOZI

28.02.2025

Bugun O‘zbekiston hududi bo‘yicha nisbatan sovuq ob-havo saqlanib turadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qor yog‘adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.

1 mart – shanba kuni respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 
ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

2 mart – yakshanba kuni respublikaning ko‘pchilik viloyatlarida (Farg‘ona vodiysidan tashqari) yog‘ingarchilik bo‘ladi. Markaziy viloyatlarda va respublika janubida kunning ikkinchi yarmida yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqd.

Hududning katta qismida shanba va yakshanba kunlari havo harorati 
2-3 darajaga ko‘tariladi, ammo hali ham me’yoriy qiymatlardan past bo‘ladi.

Respublikaning shimoli-g‘arbiy va cho‘l hududlarida yana sovuq havo kirib kelishi hisobiga havo harorati asta-sekin pasayadi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yakshanba kuni kechasi 7-12 daraja sovuqni, kunduzi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqni, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechasi 
2 daraja sovuq-3 daraja iliqni, kunduzi 0-5 iliqni tashkil etadi.

Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkin.

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 28 fevral va 2 mart kunlari ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi.

 

Toshkentda: 28 fevral va 2 martda asosan quruq ob-havo kuzatiladi, 
faqat 2 mart kuni kechqurun yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin, shamol tezligi 
10-12 m/s gacha kuchayadi. Harorat 28 fevralda 6-8 daraja iliq, 1-2 martda 
8-10 daraja iliq bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 1 daraja sovuq-2 daraja iliq bo‘ladi.

 

 

O‘zgidromet

2025 yil 28 fevral