28 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
28.02.2025
MUHIM HODISALAR
28 fevral kunlari Toshkent va Namangan iloyatlarining tog’li hududlarida qor qo’chishi xavfi bor.
28 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI
O‘zbekiston bo‘yicha havo biroz bulutli bo’ladi, Qoraqolpog’iston Respublikasida va Xorazm viloyatida qor yog’adi. Buxoro, Navoiy va Farg’ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yog’ingarchilik (yomg’ir, qor) bo’lishi mumkun. Qolgan hududlarda yog’ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning ayrim joylariga tuman tushishi mumkun. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-8° iliq, shimolda 0-5° iliq bo’ladi.
Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, yog’ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 6-8° iliq bo’ladi.
Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog’adi, tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan iloyatlarining tog’li hududlarida qor qo’chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.