1-3 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

1-3 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

27.02.2025

1-3 MARTGA OB-HAVO PROGNOZI

QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI, XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. G‘arbiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuqdan 7-12° sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 1-2 martda 3° sovuq-2° iliq, 3 martda 2-7° sovuq bo‘ladi.

XORAZM VILOYATI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2-3 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 2-7° sovuqdan 7-12° sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 1-2 martda 3° sovuq-2° iliq, 3 martda 2-7° sovuq bo‘ladi. 

BUXORO VA NAVOIY VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2 martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 3 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 1-2 martda 5-10° iliq, 3 martda 2° sovuq-3° iliq; Navoiy viloyatining shimolida harorat kechasi 2-7° sovuqdan 7-12° sovuqqacha o‘zgarib turadi, kunduzi 1-2 martda 3° sovuq-2° iliq, 3 martda 2-7° sovuq bo‘ladi.

TOSHKENT, SIRDARYO, SAMARQAND, JIZZAX VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2 martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 3 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 martda kechasi 3° sovuq-2° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 2 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 3 martda kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliq bo‘ladi. 

QASHQADARYO VA SURXONDARYO VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi, 2 martda kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin. 3 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 2 martda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 3 martda kechasi 0-5° sovuq, kunduzi 2° sovuq -3° iliq bo‘ladi. 

ANDIJON, NAMANGAN, FARGʻONA VILOYATLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1-2 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 3 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 1-2 martda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 3 martda kechasi va kunduzi 0-5° iliq bo‘ladi.

RESPUBLIKANING TOG’LI HUDUDLARI

Havo biroz bulutli bo‘ladi, 1 martda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 2-3 martda ba’zi joylarda qor yog‘adi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, 2-3 martda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 1-2 martda 3-8° sovuq, 3 martda 7-12° sovuq, kunduzi1 martda 0-5° iliq bo‘ladi, 2-3 martda 5-10° sovuqqacha pasayadi.