25 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

25.02.2025

MUHIM HODISALAR

Joriy yilning25-27 fevral kunlari O‘zbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib keladi. Respublika bo‘yicha ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda.

25-27 fevral kunlari respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik, ba’zi joylarda kuchli (yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanadi) bo‘ladi. Shimolda vaqti-vaqti bilan qor yog‘adi.

Ayrim joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha, ba’zida 23-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

26-27 fevral kunlariga kelib, havo harorati kechalari 0-5 daraja sovuqqacha, shimolda 6-9 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-5 daraja iliqqacha pasayadi.

25-28 fevral kunlari Toshkent va Namangan iloyatlarining tog’li hududlarida qor qo’chish xavfi bor.

25 FEVRAL KUNIGA OB-HAVO PROGNOZI

O‘zbekiston bo‘yicha Qoraqalpog’iston respublikasi, Xorazm viloyatida ertalab, Buxoro, Navoiy viloyatlarida vaqti-vaqti bilan qor yog’adi. Respublikaning qolgan hududlarida yog’ingarchilik (yog’ir yog’adi, kechga tomon qorga aylanadi) bo’ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqiy shamol yo’nalishini o’zgartirib, g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 6-11° iliq, shimolda 3° sovuq-2° iliq bo’ladi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo’ladi, vaqti-vaqti bilan yomg’ir yog’adi, kechqurun qorga aylanishi mumkun. Ertalab tuman tushishi mumkun. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 9-11° iliq bo’ladi.

Respublikaning tog’li hududlarida havo biroz bulutli bo’ladi, ba’zi joylarda yog’ingarchilik (yomg’ir, qor), ayrim joylarda kuchli bo’ladi. Tuman tushishi mumkin. Toshkent va Namangan iloyatlarining tog’li hududlarida qor qo’chish xavfi bor. Shamol g’arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkun. Harorat 3-8° iliq bo’ladi.